Elektr narxi oshishi sababli Britaniyada minglab pablar yopilishi mumkin

    Buyuk Britaniyadagi pablarning 70 foizdan ortig'i elektr energiyasi narxining keskin oshishi tufayli yopilishi mumkin.

    Morning Advertiser nashrining ma'lum qilishicha energetik inqirozni bartaraf etish choralari ko'rilmasa, pablarning deyarli to'rtdan uch qismi qishdan omon chiqishi dargumon.

    Britaniyadagi pab egalarining 65 foizdan ortig'i kommunal to'lovlar 100 foizdan oshib ketganini aytadi, deb yozadi nashr. 30 foiz 200 foizga, 8 foiz 500 foizga o'sgan. Shu bilan birga, kechki ko'ngilochar shoxobchalar egalarining 80 foizi oshayotgan elektr energiyasi narxini to'lashga qurbi etmasligini bildirgan.

    Muassasa egalari hukumatni inqirozdan chiqishda QQSni pasaytirishdan tortib, korxonalar uchun elektr energiyasi narxlarini cheklashgacha bo'lgan bir qator chora-tadbirlarni ko'rishga chaqirdi. Aks holda, ularning aytishicha, butun mamlakat bo'ylab pablar va restoranlarning ommaviy yopilishi kutilmoqda.