Elektr qayiqda tezlik bo'yicha jahon rekordi o'rnatildi

    Prinston universiteti talabalari jamoasi Amerika elektr transport vositalari assotsiatsiyasi homiyligidagi musobaqada elektr qayiqlar tezligi bo'yicha jahon rekordini o'rnatdi.

    Professional uchuvchi Jon Piters boshqaruvidagi qayiq Taunsend (Shimoliy Karolina shtati) ko'lining bir kilometrlik qismida ikki poygadan so'ng mos ravishda soatiga 178,8 va 189 tezlikka erishdi. Besh yil avval Jaguar qayig'ida qayd etilgan oldingi rekord soatiga 40 kilometrga yangilandi.

    Black Sheep Racing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Big Bird qayig'i gidrosamolyot korpusiga ega. Transport vositasining umumiy og'irligi 442 kilogrammdan oshmaydi, deb xabar beradi techcult.ru.