Jumladan, Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish ishlari bajarilmoqda.

Yashnobod tumanidagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Farg‘ona shahar, “Ma’shal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish kabel tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda. 

Namangan shahridagi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Gʻuzor tumanidagi 110 kV tarmog‘ida yuzaga kelgan muammo to‘liq bartaraf etildi.

Andijon tuman, “Qoratut” MFY hududida joylashgan 821-sonli  transformator punktini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Marhamat tuman, “Boboxuroson” mahallasi Ulyuz ko‘chasida joylashgan 80-sonli transformator punktini yukini yengillatish maqsadida quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi va ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Hududlar bo‘ylab tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.