Elektr va gaz taʼminotiga ulanishni inson omilisiz tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi

    Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz taʼminotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qoʻyildi.

    Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.

    Bu yilgi Investitsiya dasturida 1 ming 896 ta loyihaga 20,5 trillion soʻm ajratildi.

    Lekin, yilning yarmi oʻtgan boʻlsa-da, 824 milliard soʻmlik 88 ta loyihada qurilish ishlari boshlanmagani koʻrsatib oʻtildi va mutasaddilarga oqsoqlikni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berildi.

    Ayniqsa, 147 ta shifoxonani tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, 80 ta poliklinika va 67 ta shifoxonada, 618 ta maktab va 176 ta bogʻchada qurilish ishlarini belgilangan muddatda yakuniga yetkazish shartligi haqida masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.