Koʻpincha televizor, telefon quvvat oldirgichini tarmoqda uzmay ketaveramiz. Aslida, ularning shu holda ham elektr isteʼmol qilishini bilmaymiz. Qarangki, xonadonimizdagi elektr jihozlari kutish rejimida ham elektr isteʼmol qilar ekan.
Shu maʼnoda ularni tarmoqdan toʻliq uzib qoʻyishimiz oʻzimiz uchun manfaatli boʻladi.
Bilasizmi, televizor, magnitofon va boshqa audiotizim jihozlari kutish rejimida soatiga oʻrtacha 10 vatt va oyiga oʻrtacha 7,3 kVt.soat elektr energiyasini sarflaydi. Shuning uchun ularni tarmoqdan toʻliq uzib qoʻyish lozimligini tayinlamoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.