Toshshahartransxizmat Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 17:20 atrofida "1 Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 13T-sonli yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi G.I. boshqaruvidagi avtobus Bektemir tumani, Suvsoz dahasidan Toshkent vokzali Husayn Bayqaro ko'chasi Quyuv Mexanika zavodi qarshisida boshqaruvni o'ng tomonga burib, yo'l yoqasida turgan beton stolbaga urilishi natijasida yo'l-transport hodisasi sodir etilgan.
Mazkur YTHda elektrobusdagi yo'lovchilarning 5 nafari hamda haydovchi tan jarohati olgan va tibbiy yordam ko'rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda ushbu YTH bo'yicha Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.