Qarorga koʻra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qoʻshish boʻyicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:
- Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
- Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
- mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish;
- ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qoʻshma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar roʻyxatini kengaytirish;
- sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash hamda kafolatli servis xizmatini koʻrsatish boʻyicha isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
- barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan, Investorga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.