Unga koʻra, xorijdan 2 ta yuk avtotransport vositasida keltirilgan, qiymati 50 ming AQSH dollarlik hujjatlarga koʻra 75 dona uch gʻildirakli elektrovelosipedlar ularga tegishli yuk hujjatlari bilan oʻzaro solishtirilgan holda belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Koʻrik davomida transport vositalarida uch gʻildirakli elektrovelosipedlar umuman yoʻqligi, ularning oʻrniga yigʻilmagan holatdagi uch gʻildirakli yuk elektromototsikllari ortilganligi maʼlum boʻldi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, transport vositalariga ortilgan mazkur uch gʻildirakli yuk elektromototsikllarning taxminiy qiymati 1 mlrd. 350 mln. soʻmni tashkil etmoqda.
Hozirda tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.