баннер
3 Mar 2025
02:57

    Elektron doʻkonlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bogʻliq

    2024-yili Raqomat qoʻmitasiga elektron tijorat sohasiga oid kelib tushgan 1328 ta murojaatning 81,9 foizi (1085 ta) ijobiy hal etilgan.

    Shikoyatlarning 14,3 foiz (190 ta) boʻyicha tushuntirish berilgan, 1,3 foiz (17 ta) vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan va 33 ta murojaat koʻrib chiqilmoqda, deya xabar qildi qoʻmita matbuot ximati.

    Oʻzrganishlardan soʻng 423 isteʼmolchining huquqlari tiklandi, 88,9 million soʻm isteʼmolchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million soʻmlik mahsulotlar almashtirilishi taʼminlangan.

    Elektron savdo maydonlarida koʻp muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 foiz) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bogʻliq ekani aniqlangan.

    Murojaatlar kesimida eng koʻp muammoli platformalar:

    • Uzum market — 39,6 foiz;
    • Alif Shop — 9,9 foiz;
    • Uzum Nasiya — 6,5 foiz;
    • ZoodMall — 6,0 foiz;
    • Asaxiy uz — 3,8 foiz;
    • IDEA — 2,5 foiz;
    • Hopshop — 2,1 foiz;
    • 100K uz — 2,1 foiz.

    Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi boʻyicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:

    • Openshop uz — 100 foiz;
    • Hopshop — 92,9 foiz;
    • Sello uz — 87,5 foiz;
    • Alijahon uz — 81,5 foiz;
    • ZoodMall — 81,0 foiz;
    • 100K uz — 78,6 foiz;
    • Alif Shop — 67,2 foiz;
    • Uzum Nasiya — 66,3 foiz;
    • Uzum Market — 60,2 foiz.

    Shu oʻrinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati isteʼmolchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past koʻrsatkichni tashkil etmoqda:

    • Sandiqshop — 21,4 foiz;
    • Booknomy — 28,6 foiz.

    “Qoʻmita tomonidan ommaviy ofertalarni qonunchilikka moslashtirish, elektron savdo ishtirokchilarining malakasini oshirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu saʼy-harakatlar isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish va bozor raqobatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda”, — deyiladi qoʻmita xabarida.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech