баннер
21 Mar 2025
23:38

    Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi

    Hukumat qarori (168-son, 18.03.2025-y.) bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

    elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;
    ayrim sohalarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.

    Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

    Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:

    tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qoʻlda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga koʻra davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;
    yuk joʻnatuvchi tomonidan tovar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech