Bu haqda vazirlikning Telegram-kanali orqali xabar berildi.

“EVALI – elektron sigaretlardan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan o'tkir o'pka shikastlanishi. Kasallikni o'rganish koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kelib chiqqan simptomlarning o'xshashligi sababli sekinlashdi va uni aniqlash darajasi o'sishni to'xtatdi, ammo bu veyp foydalanuvchilari uchun uning xavfini kamaytirmaydi”, deyiladi hisobotda.

Kasallik simptomlari ko'p jihatdan koronavirus infeksiyasiga o'xshaydi – isitma, umumiy holsizlik va bezovtalik, yo'tal va nafas qisilishi, o'pkada patologik o'zgarishlar sodir bo'ladi.

Koronavirusdan farqli o'laroq, EVALIning birinchi alomatlaridan biri odam ovqat hazm qilish tizimining buzilishi hisoblanadi.

Mamlakat Bosh vaziri o'rinbosari Tatyana Golikova iyun oyi o'rtalarida ma'lum qilganidek, Rossiyada chekuvchilar soni 2009-yildan buyon ikki baravardan ko'proqqa kamaydi, ammo bugungi kunda veypdan foydalanish tufayli vaziyat og'irlashmoqda, deb xabar beradi ria.ru.