Olimlar veyping qandli diabetning ikkinichi turi rivojlanishiga sabab bo'lishini ma'lum qilishdi.
Olimlar 600 ming nafar odamni tahlil qilishdi. Ularning to'qqiz foizi elektron sigaretlardan muntazam foydalanishini ma'lum qilishgan. Tadqiqotlar elektron sigaret chekadiganlarda nikotinni boshqa usulda qabul qiladiganlarga qaraganada qandli diabetning ikkinchi turining rivojlanishi 1,54 baravarga oshganini ko'rsatdi. Shu bilan birga, elektron sigaretdan foydalanadiganlarda jismoniy va mental salomatlik yomonlashgani ma'lum bo'ldi.
Tadqiqot muallaiflarining ta'kidlashicha, nikotin ta'sirida yuzaga keladigan bunday ko'rsatkichlar organizmda insulin ishlab chiqarilishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deyiladi lenta.ru saytida.