«Elektron sogʻliqni saqlash» sohasida Estoniya tajribasi oʻrganildi

    Salomatlik 25 Sentabr 2020 661

    Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov va vazirlik masʼul xodimlari hamda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari hamkorlikda videomuloqot orqali “Elektron sogʻliqni saqlash” sohasida Estoniya tajribasi oʻrganildi.

    Maʼlumki, Estoniya “Elektron hukumat” va “Elektron sogʻliqni saqlash” sohasida yetarli tajribaga ega.

    Xususan, “Elektron sogʻliqni saqlash”dagi ilk qadamlari oʻtgan asrning 90 yillarida boshlangan boʻlib, ikki bosqichda rivojlangan. Birinchi bosqich 2008-yilgacha davom etgan boʻlib, bu vaqt davomida barcha tibbiy maʼlumotlar raqamlashtirilgan, zarur normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib tasdiqlangan. 2008-yildan boshlab hozirgi kunga qadar esa muhim axborot tizimlari ishlab chiqilib, joriy etilgan.

    Videomuloqot orqali oʻtkazilgan uchrashuvda ushbu jihatlarga alohida eʼtibor qaratilib, tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.