Toshkent shahri va Toshkent viloyati shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari uchun yagona tarif belgilandi

    Shu yilning 20-martidan boshlab Toshkent temir yoʻl uzeli yoʻnalishlarida elektropoyezdlarda harakatlanish narxiga yagona tarif belgilanadi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ Matbuot xizmatining xabar berishicha, yoʻlovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yoʻnalishga qarab, zonalarga boʻlinmagan holatda toʻlovni amalga oshiradi.

    Masalan, endilikda “Toshkent — Bekobod — Toshkent” yoʻnalishi yagona tarif narxi 12 000 soʻm, “Toshkent — Xojikent — Toshkent” yoʻnalishi 10 000 soʻm.

    Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

    Shuningdek, elektron tarzda (ATTO) toʻlov qilmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan toʻlovdan farqli ravishda 500 soʻmga kam toʻlashlari mumkin.