Normalar «Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq tasdiqlangan.

Qonunning 9-moddasida mazkur turdagi qurol belgilangan normalarga muvofiq kelmagan holatlarda, unga taqiq belgilangan. Qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish, sotib olish, hisobga olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiya qilish, koʻrgazmaga qoʻyish, foydalanish, olib qoʻyish, yoʻq qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini, asosiy qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek mamlakat hududi orqali tranzit qilish aylanma hisoblanadi.

Elektr tokining impulsli chiqishi elektroshok qurilmalarining shikastlovchi omili hisoblanadi. U inson organizmida shikastlovchi omilga javoban quyidagi klinik-fiziologik reaksiyalarni yuzaga keltirishi mumkin: elektr toki taʼsirida terining kuyishi, yurak-qon tomir tizimi yoki nafas olish tizimi funksional holatining buzilishi.

Chiqish parametrlari normalari shikast yetkazish darajasiga qarab belgilangan. Ular qarorga ilovada keltirilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 28.11.2020-yildan kuchga kirdi.