Maʼlumki, oʻtgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida Litvada futzal boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan edi. Unda futzalchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, mutaxassislar eʼtiboriga tushgan edi. Shu bois bugun ularni dunyoning turli klublariga taklif qilishmoqda.
Turma jamoamizningg 35 yoshli darvozaboni Qozogʻistonning “Kaspiy” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu klub hozir milliy chempionatda 3-oʻrinda bormoqda.
Ravshan Eliboyev ushbu mavsumda darvozabon boʻlishiga qaramasdan Oʻzbekiston chempionatida 3ta gol urishga ham muvaffaq boʻlgan.