Ellikqal’ada 440 bosh qo‘y-echki yonib ketdi

    Tashvishli xabar 21 Aprel 2021 1138

    Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘ra 440 bosh qo‘y-qo‘zisi va echki-ulog‘i bilan noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketdi.

    Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasiga tayanib OʻzA xabar qildi.

    Mazkur holat yuzasidan Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.