Ellikqal'ada ikkita yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

    Ellikqa'la tumanida Investitsiya dasturi asosida 8-sonli hamda “Obod qishloq” davlat dasturi asosida 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Ochilish tadbirlarida Ellikqal'a tuman hokimi S. Avezov hamda tegishli tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etdi.

    Tumanida ayni kungacha 30 ta davlat, 10 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 90 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 9055 nafar bola tarbiyalanmoqda. Bugungi kunda tumanda qamrov 62,4 foizga etdi. Birgina shu yilning o'tgan davri mobaynida 7 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo'lsa, yana 4 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti yil yakunigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    Minajatdin Qutlimuratov,

    «Yangi O'zbekiston» muxbiri.