Barcha qulayliklarga ega boʻlgan ushbu taʼlim tashkilotida 20 nafar yoshlar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi.
- Umumiy qiymati 4 milliard 410 million soʻm boʻlgan ushbu loyihani amalga oshirishimiz uchun davlatimiz tomonidan 3 milliard 305 million soʻm 1 % li imtiyozli kredit mablagʻi ajratildi, - deydi tadbirkor Hamid Sultonov. - Bogʻchamizda rus tili, ingliz tili, musiqa va tasviriy sanʼat hamda jismoniy tarbiya toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻydik. Buning uchun esa malakali mutaxassislarni ishga jalb qilganmiz.
Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida 4 ta guruh, yaʼni kichik, oʻrta hamda maktabga tayyorlov guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda bolajonlar rus, ingliz tillarini ham oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Bundan tashqari sport toʻgaraklari bolalarni yoshligidanoq har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.
Aytish mumkinki, ushbu muassasa mahalla ahli uchun bayramona tuhfa boʻldi.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.