Elon Maskning boyligi bir kunda 15 milliard dollarga kamaydi

    Tesla rahbari Ilon Maskning bitkoin haqidagi tvitlaridan soʻng uning boyligi bir kunda deyarli 10 foizga kamaydi, deya xabar bermoqda Meduza agentligi.

    Maskning boyligi 15,2 milliard dollarga kamaydi. Sababi Tesla kompaniyasining aksiyalari 8,6 foizga tushib ketdi. Bunday holat 2020-yil sentyabridan beri ilk bor kuzatilyapti. Kompaniyaning har bir aksiyasi 710 dollardan baholanmoqda.

    Umuman olganda, hozir Maskning boyligi 183 milliard dollarni tashkil qiladi.

    Bu hol esa uning dunyodaning eng boy odamlari reytingidagi mavqeyiga putur yetkazdi va ikkinchi oʻringa tushib qoldi.

    Birinchi oʻrinni esa Amazon asoschisi Jeff Bezos egallab turibdi.