Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik TUYAP Fair & Congress Center kongress-koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etib, butun dunyodan kelgan qator turizm kompaniyalari bilan bevosita muzokaralarga kirishdi.
Madaniyat va turizm vazirligi delegatsiyasi koʻrgazma doirasida ishtirok etgan yetakchi xalqaro sayyohlik kompaniyalari bilan ommabop yoʻnalishlarda eng yaxshi takliflar ustida toʻxtalib, ular bilan barcha soha va jabhalarda turizmni rivojlantirish strategiyasi hamda dasturlari boʻyicha tajriba va fikr almashildi.
Koʻrgazma davomida delegatsiyamiz vakillarining Turkiya va boshqa mamlakatlardagi yirik sayyohlik kompaniya hamda tashkilotlari bilan “B2B” formatida ishbilarmonlik uchrashuvlari oʻtkazib, 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, minglab yangi takliflar borasida kelajakda hamkorlik qilish uchun istiqbolli loyihalar ustida ish olib borish boʻyicha kelishib olindi. Jumladan, bir qator mamlakatlardan yurtimizning yirik shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar qoʻyish va ularning sonini bosqichma-bosqich koʻpaytirib borishga eʼtibor qaratilmoqda.
Maʼlumot uchun: EMITT har yili Istanbulda oʻtkaziladigan Sharqiy Oʻrtayer dengizidagi eng yirik xalqaro turizm va sayohat koʻrgazmasidir. Dunyodagi eng yirik beshta sayyohlik koʻrgazmasidan biri sifatida EMITT har yili butun dunyo boʻylab sayyohlik kompaniyalari va yoʻnalishlaridan yangi va qiziqarli sayohat imkoniyatlarini izlayotgan oʻn minglab soha mutaxassislari va sayyohlarni jalb etadi.