Emlash kunida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish mumkin emas

    Spirtli ichimliklar vaksina va immunitetning taʼsirini susaytiradi

    Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mustaqil-narkologi Yevgeniy Bryunning taʼkidlashicha, koronavirusga qarshi emlash kunida alkogol ichimliklarni isteʼmol qilmaslik kerak, chunki spirtli ichimliklar vaksina va immunitetning taʼsirini susaytiradi, deyiladi RIA Novosti bergan xabarda.

    Bryun spirtli ichimliklar tanaga toksik taʼsir koʻrsatishi, immunitetning zaiflashishi va vaksina taʼsirining susayishiga olib kelishini tushuntirdi.

    Avvalroq, Rossiyaning COVID-19 ga qarshi vaksinasi “Sputnik V” deb nomlangani haqida xabar berilgan edi. U dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olingan. Shuningdek, Rossiyada koronavirus vaksinasi haqida veb-sayt ochilgan. Saytda vaksinaning tamoyillari va uning rivojlanish tarixi haqida maʼlumotlar mavjud.