Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    Xalqaro hamkorlik 24 Iyul 2020 2347

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

    Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

    Ikki tomonlama doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.