Endi Boyovutlik Nargiza “Mahalla” fondi yordamida oʻz biznesini yoʻlga qoʻyadi

    Ijtimoiy hayot 16 Iyun 2021 1578

    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Bunyodkor mahallasidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan Nargiza Xusanovaga hayotda oʻz oʻrinini topishda “Mahalla” jamgʻarmasi yordam berdi.

    Boyovut tumanining Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qilayotgan yigirma bir yoshli, Nargiza Xusanova uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, koʻmak berish orqali hayotini oʻnglash va muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan “ayollar daftari” daromad topib, hayotda oʻz oʻrinini topishda qoʻl kelmoqda.

    Oilasining yagona boquvchisi boʻlgan, otasi Shovqi bobo surunkali kasalliklar bois yotib qolganiga ancha yillar boʻldi. Soʻngra, bu qiyinchilik ona boshida ham bor ekan. U kishi ham sogʻligʻini yomonlashgani bois yotib qoldi. Roʻzgʻor tebratish, bemor ota va onani parvarish qilish, yosh boʻlsada Nargizani boshiga tushdi.

    — Oilada toʻrt jonmiz, — deydi Nargiza. — Akam bor. U ham ishsiz. Ammo, hayot qiyinchiliklari oldida bir zum boʻlsada esankirab qolganimiz yoʻq. qoʻni-qushni, yaqinlar, qolaversa mahalla fuqarolar yigʻini yordami bilan bu qiyinchiliklarni, sinovlarni yengib oʻtyapmiz. Muhimi, ota-onam singari toʻshakka mixlanib qolganimiz yoʻq. Sogʻmiz, salomatmiz. Yaqinda bizni oilani ham tuman hokimligi vakillari kelib, oʻrganib “Ayollar daftari”ga kiritdi. Shundan soʻng, menga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi katta yordam koʻrsatdi. Ular uyda oʻz ishimni yoʻlga qoʻyish, daromad topib, hayot qiyinchiliklarini yengib oʻtishda asqatadigan zamonaviy tikuv mashinasi va overlok mashinkasini berdi. Oʻzim tikuvchiman. Endi uyimda, oʻz mashinamda bejirim va chiroyli liboslarni tikib bozorga chiqaraman. Xullas oʻz biznesimni yoʻlga qoʻymoqchiman. Yonimga uch-turt nafar shogird olib, ish oʻrgataman. Bu esa menga, oilamiz uchun berilgan kattagina yordam boʻldi.

    Nargizani orzulari koʻp. Ammo, hayot qiyinchiliklari oldida bir zumgina boʻlsada toʻxtamaydi. Uni “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi, qolaversa tuman hokimligi yolgʻizlatib qoʻygani yoʻq. Imkon topildi deguncha, unga, uning oilasiga “Ayollar daftari”dan chiqib, qoʻshimcha daromad topib hayotda oʻz oʻrinini topish uchun koʻmaklashyapti, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi matbuot xizmati.