Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlum qildi.
Yoʻnalishga “MAN RR3” rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta oʻrindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan.
Yoʻnalishda yoʻl kira narhi 25000 soʻmni tashkil etadi. Birinchi qatnov Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 6:00 da boshlanadi. Qanovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Soʻnggi qatnov soat 20:30 da Chorbogʻ tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.
Yoʻnalishdagi avtobuslar oʻz harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli koʻchasi, Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qoʻrgʻonigacha harakatlanadi.
Yoʻnalishda naqd pulda va bank kartalari orqali toʻlov amalga oshirish imkoniyati mavjud.