“Biz Yangi Oʻzbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini roʻyobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega oʻgʻil-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, oʻtgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish boʻyicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi boʻyicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar oʻqitiladi”, — dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod boʻladi.