Endi fermerlar g'allani bozor narxida o'zlari sotadi

    Agrosektor 16 Noyabr 2021 1631

    Prezident qaroriga ko'ra, 2022–2024 yillarda g'allachilik klasterlari va fermer xo'jaliklari etishtirgan hosilning g'alla ekilgan har gektar sug'oriladigan maydon hisobidan respublika bo'yicha o'rtacha 2,5 tonnadan bug'doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida erkin sotadi.

    G'alla etishtiruvchi fermer xo'jaliklari, Urug'chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug'chilik xo'jaliklari va g'allachilik klasterlariga kredit mablag'laridan erkin foydalanish, mineral o'g'itlar, o'simliklarni himoya qilish vositalari, yoqilg'i-moylash mahsulotlari va qishloq xo'jaligi texnikalarini to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish huquqi beriladi.

    Har yili 1 avgustga qadar bug'doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narxi ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinadi.