Buning uchun qondagi oqsillar tarkibi oʻrganildi. Yaʼni maxsus apparat yordamida 22 ming nafardan ortiq bemorning plazmasi namunalarida 5000ga yaqin oqsillar tahlil qilindi.
Natijada ular orasidan infarkt, insult yoki yurak yetishmovchiligi ehtimolini koʻsatuvchi 27 ta oqsilni topishga muvaffaq boʻlindi.
Tadqiqotchilar fikricha, qon tahlilining yangi usuli insonlarda kelgusi toʻrt yil ichida yuqoridagi kasalliklarga chalinish xavfi darajasini koʻrsatib beradi.
Bundan tashqari, shifokorlar bemorga buyurilgan dori-darmonlar qanday taʼsir qilishi, davolanish rejimini oʻzgartirishga ehtiyoj bor yoki yoʻqligini ham mazkur metod yordamida aniqlashlari mumkin.
Olimlar xulosasiga koʻra, ushbu diagnostik imkoniyat bemorning yoshi, jinsi, kasallik tarixi, xolesterin darajasi va qon bosimi koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashning amaldagi tizimidan ikki baravar aniqroq natija beradi.
Hozir Qoʻshma Shtatlardagi qator tibbiyot muassasalarida yangi usuldan amaliyotda foydalanishga kirishildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.