баннер
26 Apr 2025
15:35

    Endi Janubiy Koreyaga ishga borish yanada osonroq boʻladi

    Fargʻonada ish boshlayotgan “Ulsan kasb-hunarga oʻqitish markazi”ni tamomlagan yoshlarga Ulsan shahar hokimligi toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi viza berishni yoʻlga qoʻyadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda Ulsan shahri hokimi Kim Du Gyom oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Unga Memorandumga koʻra Janubiy Koreyaning “iqtisodiy poytaxti” — Ulsanda ishlash istagida boʻlgan nomzodlar Fargʻonada ish boshlayotgan “Ulsan kasb-hunarga oʻqitish markazi”da 3 oylik kasb va til kurslaridan oʻtadi.

    Ushbu markazni tamomlagan yoshlarga Ulsan shahar hokimligi toʻgʻridan-toʻgʻri ishchi viza berishni yoʻlga qoʻyadi va “Hyundai” kemasozlik kompaniyasiga ishga joylashtiradi. Taʼkidlanishicha, Ushbu mexanizm Koreyaga ishchi kuchini yetkazib beruvchi jahondagi 17 ta davlat orasida birinchi marotaba faqatgina Oʻzbekiston uchun qoʻllanilmoqda.

    Oʻquv markazining rasmiy ochilish marosimi shu yilning 18-mart kuni Fargʻonada boʻlib oʻtadi va oʻqishlar boshlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech