“Endi mening ham oʻz uyim bor”

    Ijtimoiy hayot 29 Noyabr 2021 2422

    Sirdaryoda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan uch nafar yigitga Guliston shahri va Sirdaryo tumanidan uy-joy berildi.

    Sirdaryoda 11 nafar Mehribonlik uyi bitiruvchisiga uy berilishi belgilangan. Ruslan Axmedovga Oqibat mahallasi Navoiy koʻchasidan 3 xonali, Kirill Vlasovga Shirin mahallasida joylashgan koʻp qavatli uydan 1 xonali hamda Firdavs Yunusovga Adolat mahallasi Temir yoʻl koʻchasidan 2 xonali uylar topshirildi. Mazkur uylarning barchasi 9 turdagi zaruriy uy jihozlari, jumladan, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan.

    – Shodligimni cheki yoʻq, – deydi R.Ahmedov. – Bizga koʻrsatilayotgan mehr, eʼtibordan xursandmiz. Bu hayotimdagi eng yorqin lahzalar boʻlib qoladi. Endi mening ham oʻz uyim bor.

    Sirdaryoda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tadbirlari davom etadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.