Endi Namangandan Chodakka har kuni poyezd qatnaydi

    “Namangan - Chodak - Namangan” shaharlararo poyezdi 2024-yil 16-maydan boshlab har kuni yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Eslatib oʻtamiz, Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida bu boʻyicha topshiriq berilgan edi.

    Mazkur topshiriqning ijrosini taʼminlash va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 6351/6352-sonli “Namangan - Chodak - Namangan” shaharlararo poyezdi 2024-yil 16-maydan boshlab har kuni yoʻlga qoʻyiladi.

    Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    “Namangan-Chodak” yoʻnalishi harakati vaqtlari:

    • Namangan shahri - 08.10;
    • Rovuston - 08.18-08.20;
    • Toʻraqoʻrgʻon - 08.33-08.35;
    • Chust - 08.55-09.00;
    • Pop -1 - 09.12-09.14;
    • Pop – 2 - 09.21-09.31;
    • Qoʻshminor - 09.49-09.57;
    • Temiryoʻlobod - 10.15-10.16;
    • Kon -10.35-10.57;
    • Chodak - 11.16.

    "Chodak-Namangan” yoʻnalishi harakati vaqtlari:

    • Chodak - 19.20;
    • Kon - 19.39-19.47;
    • Temiryoʻlobod - 20.06-20.25;
    • Qoʻshminor - 20.43-20.45;
    • Pop – 2 - 21.03-21.13;
    • Pop -1 - 21.20-21.22;
    • Chust - 21.34-21.39;
    • Toʻraqoʻrgʻon - 21.59-22.08;
    • Rovuston - 22.21-22.23;
    • Namangan shahri -22.31.