Endi poytaxtda 24/7 ish rejimida ishlovchi koʻchalar boʻladi

    Shaharning barcha tumanlarida zamonaviy gastronomik va sayyohlik koʻchalari qurilmoqda.

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanida Oʻzbekiston ovozi koʻchasi, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko koʻchasi, Olmazor tumanidagi Qoʻrgʻontepa va Farobiy koʻchalari shuningdek, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur va Sergeli tumanlarida ham zamonaviy gastronomik va sayyohlik koʻchalar qurilmoqda.