Endi qarzni aeroportning oʻzida toʻlash va taqiqni yechish mumkin

    MIB xorijga chiquvchi fuqarolar uchun interfaol shoxobcha xizmatini yoʻlga qoʻydi

    Toshkent xalqaro aeroportida - fuqarolarimizda qarzdorlik sababli yuzaga kelgan taqiqlar masalasiga aniqlik kiritish va ularni yechish, shuningdek elektron toʻlov tizimlari orqali qarzdorliklarni bartaraf etish mumkin boʻldi.

    Ushbu shoxobchada xizmat koʻrsatayotgan xodimlar orqali qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yoʻqligini bilib olish va qarzdorlikni shu zahoti bu saytda elektron toʻlov tizimlari orqali amalga ham oshirish mumkin.

    Shoxobchada infokioska ham oʻrnatilmoqda, bu esa fuqarolarning naqd pulda ham toʻlovni amalga oshirish imkonini yaratadi.

    Bir kunda 50 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari boʻyicha taqiq masalalariga aniqlik kiritilib, oʻz vaqtida toʻlanmay qolgan qarzdorliklar evaziga 30 mln soʻmdan ortiq mablagʻlar elektron tarzda qabul qilindi.