Agar Indoneziya, Malayziyadan ilgʻor turistik kompaniyalar olib kelinib, mehmonxonalar boshqaruvga berilib, oʻzaro manfaaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilsa, turistlar oqimi yanada keskin koʻpayishi taʼkidlandi.
Bugun viloyat nafaqat turizmdagi, balki sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatishdagi ulkan salohiyati bilan investor va tadbirkorlar uchun chinakam jozibador maskanga aylanib bormoqda.
«Endi Samarqand – ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, investitsiya, eksport, umuman barcha sohada metodik viloyat boʻlishi kerak.
Buning uchun tuman hokimlari oʻzini hududini xususiyatidan kelib chiqib, bor shtatlarini tahlil qilib, samarasizini qisqartirib, xorijdan zamonaviy menejerlar, mutaxassislar olib kelib, yangicha ishlashga oʻtishi zarur», — dedi davlatimiz rahbari.








