Muallifga koʻra, koʻpchilik hozir “Litsenziya olamiz, Toshkentda ishlaymiz”, desa, rad javobini olmoqda.
“Haydovchi litsenziya oladigan boʻlsa, oʻzining hududida ishlaydigan qilib qoʻyishibdi. Misol uchun 01 — Toshkent nomeri. Ular Toshkentda ishlaydi. Andijonliklar Andijonda, qoraqalpogʻistonliklar Qoraqalpogʻistonda, qashqadaryoliklar Qashqadaryoda”,– deydi u.
Masʼul vazirlik axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov “Daryo”ga mazkur xabarni tasdiqladi va ayni kunda jarayon amalga oshirilayotganini aytgan.
Bu tartib kecha yoki bugun paydo boʻlib qolmagan. 2011-yilda aynan mana shu yoʻnalishli taksilar faoliyatini tartibga soluvchi 139-sonli qaror chiqarilgan. Oʻsha qaror bilan tasdiqlangan nizomda yoʻnalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning faoliyat yuritishi uchun qoʻyilgan talablar bor. Oʻsha nizomning 5-bob 9-bandida haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir oʻzining kuchini yoʻqotgan. Mazkur qaror oʻrnini bosuvchi 2025-yilda chiqqan qarorga koʻra, haydovchining oʻz hududida, yaʼni litsenziya kartochkasida koʻrsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilab qoʻyildi, — degan u.
Shuningdek, Ashurmatovning tushuntirishicha, bunda haydovchi faoliyatini faqat oʻsha litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hudud va unga tutash hududda olib boradi.
“Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan 01 kod bilan boshlanuvchi davlat raqamli transport vositasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksichilik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin. Xuddi shuningdek, viloyatlarniki ham xuddi shunaqa boʻladi”,– degan vazirlik axborot xizmati rahbari.









