Endi “WhatsApp” ilovasida sunʼiy ongli foto muharrir bo‘ladi

    WhasApp ilovasining so‘nggi beta-versiyasida barcha foydalanuvchilar uchun foydali bo‘ladigan ajoyib funksiya qo‘shildi. Messenjer sunʼiy intellekt yordamida rasmlarni professional darajada qayta ishlab moslashtira oladi.

    Bundan tashqari “WhasApp”ga o‘rnatilgan neyron tarmoqlar tufayli odamlar o‘zlarining maxsus stikerlarini yaratish imoni ham mavjud.

    WABetaInfo maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu yangi funksiya foydalanuvchilarga alohida chat bo‘limlariga o‘tmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv satridagi tugmani bosib murakkab savollarga javob olish imkonini ham beradi. Ushbu texnologiya yordamida kontaktlar bilan muloqot sezilarli darajada osonlashadi va maʼlumot qidirish yana-da qulayroq bo‘ladi.

    Kelajakda ushbu texnologiyaning yangi xususiyatlari bo‘ladi. Hozirda uning eng asosiy vazifasi - jo‘natishdan oldin fotosuratlarni tez tahrirlash. Algoritmlar fotosurat uslubini o‘zgartirish yoki mavzuni fondan olib tashlashga qodir.