Adliya vazirligi fuqarolarga qulaylik yaratishda va davlat xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishda davom etayotganini maʼlum qildi. Chunonchi, yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish my.gov.uz orqali yanada oson va qulay boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.
Tayyor guvohnomani eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali belgilangan manzilda qabul qilib olish mumkin.