Bu haqda portal matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozircha bu imkoniyat Toshkent shahridagi “Fayzobod” roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimida sinovdan oʻtkazilmoqda. Test muvaffaqiyatli yakunlansa, tizim avval Toshkent shahri boʻylab, keyinchalik qolgan hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Talabgor arizani shakllantirishda xizmatni qaysi koʻrinishda olishini belgilaydi:
- Arizachi roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimiga borgan holda roʻyxatdan oʻtkazish;
- Sayyor xizmat – YHXX xodimining oʻzi belgilangan manzilga keladi (qoʻshimcha toʻlov asosida).
Xizmat koʻrsatish uchun belgilangan toʻlovlar quyidagicha:
- Roʻyxatdan oʻtkazish: BHMning 6,84 barobari (Elektromobil, motolar, tirkamalar – 1,5 barobar);
- Davlat raqami: BHMning 3,5 barobari;
- Qayd etish guvohnomasi (texpasport): BHMning 0,7 barobari;
- Texnik koʻrik: BHMning 0,1 barobari.
Sayyor xizmat uchun (10 km.ga):north_east
- 1 kunda kelsa: BHMning 4 barobari;
- 3 kunda: BHMning 3 barobari;
- 5 kunda: BHMning 2 barobari.
10 kilometrdan ortiq masofa uchun har bir kilometrga YAHMning 0,05 barobari qoʻshib boriladi.
Ariza my.gov.uz orqali yuborilganida, talabgorga davlat raqam belgisi va toʻlov uchun invoys taqdim etiladi. Toʻlov amalga oshirilgach, “Fayzobod” roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimiga borib, arizadagi davlat raqam belgisi aytiladi, YHXX inspektori transport vositasini koʻrikdan oʻtkazadi va davlat raqami hamda texpasportni taqdim etadi.