Joylarda yosh iqtidorlarni aniqlab, ularni tayyorlaydigan insonlar – birinchi murabbiylardir.
Lekin, bugungi kunda sportchilarni erishgan natijasi uchun faqat sport maktablari yoki terma jamoa murabbiylari ragʻbat olayapti.
Prezidentimiz bu adolatdan emasligini qayd etib, endilikda sportchilarni yetishtirib chiqargan birinchi murabbiylarga sportchilar va terma jamoa murabbiylari uchun koʻzda tutilgan ragʻbatning 10 foizgacha qismini mukofot sifatida berilishini taʼkidladi.