Yurtimizda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich oʻrnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qoʻllanadi.
Shuningdek, koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi oʻrnatish mumkin boʻladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi oʻrnatiladi.