Endilikda yerni ijaraga olgan dehqon unga nima ekishini oʻzi mustaqil hal qiladi. Shuningdek, auksionda takroriy savdoga qoʻyilgan yerlarning boshlangʻich narxi 10 foizgacha pasaytiriladi.
Yer ijarasidan tushgan mablagʻlar toʻliq sanoatlashgan bogʻlarga suv, elektr, yoʻl tarmoqlarini tortish kabi infratuzilma obyektlari uchun sarflanadi.
AQSHlik hamkorlar bilan Zominda parranda boʻyicha yirik naslchilik korxonasi tashkil qilinmoqda. Ushbu klasterda 100 ming bosh quvvatdagi birinchi naslli ona tovuq va 9 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Bu unikal loyiha respublikada parrandachilikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.









