"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasida davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqtiga oid normalar belgilangan.
Mazkur Qonunda davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun besh kunlik ish haftasi va ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi belgilangan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishlarga jalb etish davlat organi rahbarining qarori bilan qo‘shimcha haq to‘lash yoki qo‘shimcha dam olish vaqtini berish orqali ruxsat beriladi.
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi bo‘lsangiz va Ish beruvchi Sizni dam olish (bayram) kunlari amaldagi mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishga jalb etayotgan bo‘lsa, bu haqda bizga, @murojaat_argos_bot orqali xabar bering" — deyiladi rasmiy bayonotda.