Xavf darajasi yuqori boʻlgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi.
Sertifikat olish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxatini keskin qisqartirib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi.
Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida mamlakatimizda tan olinadigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi, ular import qilinayotganda milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.
«Bir soʻz bilan aytganda, biz mahsulotlarning bozorga kirishini yengillashtirib, uni realizatsiyasidagi nazoratni kuchaytiramiz. Bu xalqaro amaliyotda oʻzini oqlagan», — dedi prezident.
Mutasaddilarga “Bozor nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Umuman, sinov va sertifikatlashtirish boʻyicha davlat laboratoriyalari xususiy sektorga investitsiya kiritish sharti bilan berilsa, sohada sifat va raqobat boʻlishi, xizmat narxi tushishi koʻrsatib oʻtildi.









