Endilikda O'zbekiston futbol hakamlari markazi faoliyat boshlaydi

    O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston futbol hakamlari markazi davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

    Markazning asosiy maqsadi — O'zbekiston Respublikasi hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O'zbekiston Professional futbol ligasi, futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko'rsatish, hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko'maklashishdan iborat.

    Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi