Eʼtiborlisi, mazkur yigʻinga terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov asli rossiyalik boʻlgan hozirda Namanganning “Navbahor” klubida toʻp surayotgan Igor Golbanni taklif qilgan.
Shu yilning aprel oyida Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilgan Golban bugun eʼlon qilingan terma jamoa tarkibidan qayd etildi.
Tarkib quyidagicha:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Aleksandr Lobanov (“Metallurg”), Oʻtkir Yusupov (“Navbahor”), Mashhur Muhammadjonov (“Nasaf”)
Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qoʻqon-1912”), Anzur Ismoilov (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Dilshodbek Ahmadaliyev (“Bunyodkor”), Akramjon Komilov (“Paxtakor”), Husniddin Gʻofurov (“Surxon”)
Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Lutfulla Toʻrayev (“Bunyodkor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Aziz Turgʻunboyev (“Navbahor”), Abror Ismoilov (“Paxtakor”), Nurillo Toʻxtasinov («Bunyodkor»), Sardor Sobirxoʻjayev (“Bunyodkor”), Abdulla Abdullayev (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”)
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Shahzod Ubaydullayev (“Metallurg”).