Sport vazirligining maʼlum qilishicha, sport sohasida “ERP-Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushirilishi natijasida sportchilar toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar shakllantirilib kelinmoqda.

Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini koʻrsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda “ERP-Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda “ERP-Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi belgilab qoʻyilgan.