Amaldagi qonunga ko‘ra, madaniy meros ob’yektlari va davlat idoralari binolariga tashqi reklamani joylashtirilishi taqiqlanadi, ammo ushbu ro‘yxat xalq fikrini inobatga olgan holda kengaytirilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Raqamli rivojlanish departamentining "Tashqi reklama" loyihasi bo‘limi tomonidan portalda hamda “Xalq nazorati” ilovasida Toshkentning tashqi reklamadan holi hududlarini kengaytirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.