Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham oʻzgarishi belgilandi

    Siyosat 16 Iyun 2025 736

    Prezidentimiz yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi.

    Bu tizim yil yakunigacha Surxondaryoda toʻliq, qolgan hududlarda jadal rivojlantirish belgilangan 15 ta tuman va shahar — Qoʻngʻirot, Chimboy, Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Yakkabogʻ, Xatirchi, Chortoq, Bulungʻur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp tumanlari, Margʻilon va Yangiyoʻl shaharlarida, Toshkent shahrida esa Bektemir tumanida joriy qilinadi.

    Prezident Administratsiyasi va Hukumat vakillari hamda viloyat hokimlari bunga masʼul boʻladi.

    Prezidentimiz yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi.

    Jumladan, kompleks rivojlantirishga masʼul 9 ta vazirlikning tuman boʻlimi hokimlik tizimiga oʻtadi. Bular – iqtisodiyot va moliya, investitsiya, qishloq xoʻjaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoshlar boʻlimlari.

    Tuman hokimi hokimlik va ushbu 9 ta idoradagi shtatlarni oʻzi taqsimlab, qaysi boʻlimda nechta odam ishlashini, ishga olish-boʻshatishni oʻzi hal qiladi.