Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.
Natijada sport bilan shugʻullanishga yoʻllanma olishi mumkin boʻlgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shugʻullantiradigan murabbiylar oyligi 1-yanvardan 1,5 barobar oshiriladi
Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus taʼlim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obyektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.
Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar boʻladi.