Mazkur hujjat bilan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining elektron shakli bojxona organlarining axborot tizimida mobil ilova orqali avtomatik ravishda shakllanishi belgilanmoqda.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Tovar (buyum) 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan hollarda Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining “tovar nomi” va “buyum nomi” ustunlarida buyum (tovar) egasining pasport (ID karta) raqami ham koʻrsatilishi lozim.

Mobil qurilmalar tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlardan qatʼiy nazar deklaratsiyalanishi belgilanmoqda (bundan Tizim operatori bazasida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno).